Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google AQSh va Yaponiyani bog‘lovchi internet-kabel o‘tkazdi
Google kompaniyasi va Osiyoning bir necha aloqa operatorlari Tinch okeani tubidan o‘tuvchi FASTER internet kabelini yotqizib bo‘ldi. U AQSh va Yaponiyani bog‘lamoqda, deb xabar qilgan The Next Web.
Kabelning eng yuqori o‘tkazish salohiyati soniyasiga 60 Tbitni tashkil etadi. Googlening katta vitse-prezidenti Ura Xeltslening so‘zlariga ko‘ra, kanalning quvvati dunyodagi har qanday shu kabi kabellar quvvatidan kuchliroqdir.
Amerikaning IT-giganti mazkur loyihani China Mobile International, China Telecom Global, Global Transit, KDDI va SingTel kabi telekommunikatsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Yaponiyaning NEC kompaniyasi kabelni yotqizish va uni loyihalashda yordam ko‘rsatgan.
FASTER barpo etish uchun 300 mln dollar mablag‘ sarflangani xabar qilinmoqda. Loyiha bir yillar avval boshlangan edi.
Mazkur axborot kanali Amerikaning Oregon shtatini Yaponiyaning Tiba va Mi prefekturalari bilan bog‘lagan.
Qayd etilishicha, bu Google kompaniyasining to‘rtinchi suvosti kabelidir. Korporatsiya kelgusida ham bu kabi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
12:08 / 13.01.2026
Alphabet kompaniyasining kapitalizatsiyasi ilk bor 4 trln dollardan oshdi
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025