Xitoyda “O‘zbek kinosi kunlari” festivali o‘tkazilmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Shanxay va Sian shaharlarida «O‘zbek kinosi kunlari» festivali o‘tkazilmoqda. Madaniy tadbirning tantanali ochilish marosimi 28 iyun kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Xitoy Xalq Respublikasi Matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bo‘yicha Davlat bosh boshqarmasi boshlig‘i Chjan Xunsen, China film promotion kompaniyasi rahbari Jiyao Vang Fen hamda «O‘zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Atabek Musayev boshchiligidagi o‘zbek kinematografchilaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Festival rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan «Hayotda...» filmi bilan ochib berildi. Shuningdek, festival doirasida O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Quduq”, «Vijdon», «Ota», «Tubanlik», «Sehrli qalpoqcha» nomli badiiy filmlar xitoylik kinoixlosmandlariga namoyish etiladi.
Tadbirlar doirasida kinematografiya yo‘nalishidagi aloqalarni yanada mustahamlash, hamkorlikda kinofilmlar ishlab chiqarish, kinematografiya obektlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligi, Matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bo‘yicha Davlat bosh boshqarmasi hamda bir qator yirik kinostudiyalar rahbarlari bilan muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
Foto:uzbekkino
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023