Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rossiya va Turkiya aloqalarining qayta tiklanishiga ijobiy munosabat bildirdi
BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik BMTda Rossiya va Turkiya aloqalarining qayta tiklanishiga ijobiy munosabat bildirishayotganini ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi.
Bosh kotib vakilining ta'kidlashicha, BMT umuman mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi tarafdori, "ayniqsa, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi". Dyujarrik bu ikki davlatni Suriyadagi mojaroning yechimini topishda muhim hamkorlar deb atadi.
"Bu ikki muhim mamlakat o‘zaro hamkorlik qilsa hamda Suriyani qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro guruh (SQXG) bilan birga faoliyat olib borsa, bundan faqat xursand bo‘lish mumkin", - dedi u.
Mavzuga oid
18:36
Kreml Orbanning mag‘lubiyati ortidan Vengriyani «do‘stona bo‘lmagan mamlakat» deb atadi
10:14
Valdaydagi Putin qarorgohi atrofida havo hujumidan mudofaa kuchaytirildi
09:48
Ukraina: Rossiya 12 aprel kuni 55 marta hujum qildi
09:17