Jahon | 08:47 / 03.07.2016
10003
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq poytaxtida ikkinchi portlash sodir bo‘ldi
Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir bo‘lgan birinchi portlashdan so‘ng, shahar shimolida ikkinchi portlash ham bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia ma'lum qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Ash-Shaab bozori yaqinida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan.
Ungacha Karada tumanida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi modda harakatga kelishi oqibatida odamlar halok bo‘lgani haqida ma'lum edi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, shialarning diniy markazi yonida bo‘lgan portlashda 21 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
20:19
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024