Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik talabalarga jaziramadan qutilish uchun ulkan muz bo‘laklari berilmoqda
Xitoydagi Lushan kolleji talabalariga issiqdan himoya sifatida ulkan muz bo‘laklari tarqatilmoqda. Bu haqida VVS agentligi ma'lum qildi. O‘quv muassasasi rahbariyati yotoqxonalardagi sovutish moslamalarining yetishmasligi haqidagi shikoyatlarga shu tariqa javob qaytardi.
Mazkur kollej Guansi Fan va texnologiyalar universiteti tarkibiga kiradi. Talabalarga mo‘ljallangan 28 tonna muz uchun umumiy hisobda 5 ming xitoy yuani (750 dollar) sarflandi. Ular uchun har kuni kechqurun muz bo‘laklari keltiriladi. Talabalar muzni yorib, uni chelaklarda o‘z xonalariga olib ketishadi.
O‘quv muassasining harakatlari Xitoy ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari tomonidan turlicha qabul qilindi. Aksariyat foydalanuvchilar universitet sovutgich tizimini yo‘lga qo‘yib olishi kerakligini aytishgan bo‘lsa, boshqalari, aksincha, muz bilan ta'minlash - ekologik jihatdan to‘g‘ri qaror deya, bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashgan.
Universitet rahbariyati hozirgi paytda sovutgichlar ishlashini yo‘lga qo‘yishning mahalliy tarmoqlar tufayli iloji yo‘qligi va muz tarqatish vaqtinchalik qo‘llangan chora ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026