Jamiyat | 15:58 / 04.07.2016
16272
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Maykl Jyeksonning sobiq xotini saratonga yo‘liqdi

Pop-musiqasi yulduzi Maykl Jyeksonning sobiq xotini ko‘krak saratoniga duchor bo‘ldi. Bu haqida TMZ xabar qildi. 

Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, Debbi Rouga bunday tashxis yaqindagina qo‘yilgan. U keyingi haftada jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirishi kutilmoqda. 

Rouning qizi 18 yoshli Peris Jyekson onasining og‘ir kasalligi to‘g‘risida hech qanday ma'lumotga ega emas, zero u bir yil avval onasi bilan aloqasini uzgan. 

Manbaga ko‘ra, musiqa qirolining o‘limidan so‘ng Rou qizi bilan juda yaqin munosabatlarda bo‘lgan, bu esa oilaning boshqa vakillariga yoqmagan. Rouning taxmin qilishicha, Jyeksonga uning qarindosh-urug‘lari ta'sir o‘tkazishgan. 

"Debbi juda ayanchli ahvolda, lekin qizi tomonidan qandaydir ruhiy daldaga umid ham qilmayapti", - deb yozadi nashr. 

Maykl Jyekson va Debbi Rou 1996 yilda turmush qurishgan. Rou musiqa yulduzidan bir o‘g‘il va bir qiz ko‘rgan. 1999 yilda esa juftlik ajrashgan, bolalarga vorislik qilish huquqi otaga berilgan. Jyekson 2009 yilning 25 iyunida hayotdan ko‘z yumgan. 

Mavzuga oid