Jahon | 15:19 / 04.07.2016
11820
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonaning millioninchi fuqarosining ota-onasiga xonadon hadya etildi

Ostona shahri meri Aset Isekeshev Qozog‘iston poytaxtining millioninchi fuqarosi ota-onasiga xonadon kalitlarini topshirdi, deyiladi shahar matbuot xizmati internet sahifasida. 

Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Shahar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali Bayroq ko‘tarish marosimida "2016 yil 4 iyul, dushanba kuni Ostonaning millioninchi fuqarosi dunyoga kelgan"ini ma'lum qilgandi. 

Saytda yozilishicha, Ostonadagi 1-perinatal markazida qizaloq dunyoga kelgan. 

"Ostona shahri hokimi Aset Isekeshev, eru-xotinni qizcha bilan qutlab, ularga xonadon sovg‘a qilgan. Ota-onasi bilan istiqomat qiluvchi yosh oila uchun bu haqiqiy sovg‘a bo‘ldi", — deyiladi xabarda. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid