Jahon | 10:25 / 07.07.2016
6422
1 daqiqa o‘qiladi

Obama NATO sammiti doirasida Poroshenko bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama, NATOning Varshavada bo‘lib o‘tajak sammiti doirasida Yevropaning alyansga a'zo to‘rt davlati rahbarlarining Ukraina prezidenti bilan uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda, AQSh davlat rahbarining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Ben Rods ma'lum qilgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit sessiyalaridan biri NATO - Ukraina komissiyasi muzokaralarini aks ettiradi. Unda, AQSh prezidentidan tashqari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya rahbarlari Ukraina prezidenti Poroshenko bilan muloqot o‘tkazadi. 

NATO sammiti shu yilning 8-9 iyul kunlari Polsha poytaxti Varshavada bo‘lib o‘tadi. 

Arxiv foto: korrespondent.net

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid