Jahon | 16:31 / 07.07.2016
8073
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada shimoliy koreyalik diplomat yo‘qolib qoldi

Shimoliy Koreyaning Rossiyada faoliyat yuritadigan diplomatlaridan biri sirli tarzda yo‘qolib qoldi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, shaxsi oshkor qilinmagan diplomat 1 iyuldan buyon hech kim bilan aloqaga chiqmagan. 6 iyul Shimoliy Koreyaning Peterburgdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘limi xodimi huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan va uchinchi kotib 1 iyul kuni ishdan ketib, shu vaqt davomida hech kim bilan aloqaga chiqmaganini ta'kidlagan.

Politsiya diplomatni butun shahar bo‘ylab qidirmoqda.

 

Foto:© RIA

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid