Jamiyat | 14:17 / 12.07.2016
43410
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda tavallud topgan to‘rt egizakka antiqa nom berildi

Xitoyning Jichjao shahrida dunyoga kelgan to‘rt egizakni Syaodun (Sharq), Syaonan (Janub), Syaosi (G‘arb) va Syaobey (Shimol) deb nomlashdi. Bu haqda, «Sinxua» agentligi xabar qilmoqda.

Egizaklarning onasi 27 yoshli maktab o‘qituvchisi Li Tszyuan bir necha yil muqaddam oila qurgan. Er-xotin uzoq vaqt farzand ko‘rishni orzu qilgan bo‘lsa-da, homilador bo‘la olmagan. 

Xabarlarga ko‘ra, Li Tszyuan shifokorlarning tavsiyasiga binoan, ovulyatsiyaga turtki beruvchi dorilarni qabul qila boshlagach, 2015 yil noyabr oyida niyatiga yetgan. Ikki qiz va ikki o‘g‘il egizak jarrohlik amaliyoti yordamida, homiladorlikning 33 haftasida dunyoga kelgan. Ular muddatidan avval tug‘ilgani bois, bir oylar intensiv davolash bo‘limida saqlanishi aytilmoqda. 

Egizaklarning bobosi va buvisi esa, chaqaloqlar uchun enaga vazifasini o‘zlariga olishgan. 
 

Mavzuga oid