Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Menni Pakyao ringga qaytishi xususidagi mish-mishlarga javob berdi
Taniqli filippinlik professional bokschi, sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao kuz mavsumida ringga qaytib, jang o‘tkazishi mumkin degan xabarni inkor etdi. U o‘zining Facebookdagi sahifasida shu haqda e'lon qildi.
Bokschining promouteri Bob Arum Amerikaning ESPN telekanaliga bergan intervvyusida Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 29-oktabr yoki 5- noyabrda Filippin Senatidagi majburiyatlariga xalaqit qilmasagina o‘tkazishi mumkinligini aytgan edi.
Avvalroq, Pakyao Filippin Senati uchun saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, mashg‘ulotlar va janglarga vaqt ajrata olmasligini, siyosatda esa mamlakat prezidentligigacha borish niyati borligini bildirgandi. May oyida bo‘lib o‘tgan saylovda sportchi 15,5 million ovoz to‘plab, Senatning 12 nafar a'zosi orasida 7-o‘rinni olgan edi.
"OAVdagi senatorlik majburiyatlaridan tanaffus qilib, ringga qaytish niyatim borligi haqidagi xabarlar asossiz. Hozirda, mening asosiy maqsadim - qonunchilik ishidir. Mening bo‘lg‘usi jangim hatto muhokama ham etilmagan. Bundan tashqari, Senatdagi majburiyatlarimga to‘sqinlik qilmagan taqdirdagina ringga qaytaman", - deb yozgan Pakyao.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026