O‘zbekiston | 09:28 / 15.07.2016
22547
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning Toyoko-Inn kompaniyasi Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasiga qiziqmoqda

Yaponiyaning Toyoko-Inn kompaniyasi Toshkentning tarixiy markazida joylashgan “Chorsu” mehmonxonasini ta'mirlash va ekspluatatsiya qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toyoko Inn vakillari tashkilot rahbari K. Morinako boshchiligida 12-14 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘lishadi.

Toyoko-Inn Fransiya, Koreya Respublikasi, Filippin va Kambodjada ko‘plab mehmonxonalar qurgan kompaniya hisoblanadi.

Mavzuga oid