Toşkentdagi sobiq “Chorsu” mehmonxonasi örnida Yangi Chorsu nomli majmua qurilişi 2025 yil oxirigaça boşlanişi kutilmoqda. Kun.uz xususiy investor tomonidan ötgan hafta jamoatçilikka taqdimot qilingan loyihadagi binolardan biri 30 qavatdan balandroq ekaniga e’tibor qaratdi.

Poytaxt boş rejasiga köra esa, bu joyda yangi quriladigan obektlarning balandligi 20 qavatdan ortiq bölmasligi kerak.

Kun.uz söroviga javoban Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi boşliği Aziz Xudoynazarovning ma’lum qilişiça, Yangu Chorsu majmuasi böyiça loyihalar hali körib çiqiş uçun taqdim qilinmagan va tasdiqlanmagan.

“Quriliş vazirligi quruvçi kompaniyaning loyihasi uçun ruxsat bermagan. Bularga 30 qavat qiliş yoki boşqasi böyiça xulosa berilmagan, loyiha hali tasdiqlanmagan.

Ikkinçi masala: bu material [şahar arxitektura] kengaşiga rasman taqdim qilingani ham yöq. Özlari qandaydir taqdimot qilişgan bölişi mumkin, ammo hujjatlar vazirlikka rasman taqdim qilinmagan.

Faqatgina hujjatlarni kelgusida loyihalaştirişga ruxsatnoma berilgan, bu loyiha kelişildi degani emas, bu – undan oldingi jarayon uçun beriladigan ruxsat”, – dedi Xudoynazarov.

Uning qöşimça qilişiça, kompaniya jamoatçilikka körsatgan loyiha “şunçaki biznes reja bölişi mumkin, lekin u rasman tasdiqlanmagunça yuridik kuçga ega bölmaydi”.

Yangi Chorsu loyihasi haqida

Foto: Manar Development

1982 yilda qurilgan “Chorsu” mehmonxonasi 2000-yillardan buyon foydalanilmay kelinayotgan edi. Bino 2025 yilga kelib demontaj qilindi. Texnik ekspertizada inşoot konstruksiyasi jiddiy deformatsiyaga uçragan va rekonstruksiya qiliş mumkin emas degan xulosaga kelingan.

Uning örnida Manar Development kompaniyasi Yangi Chorsu majmuasini barpo etmoqçi. Kompaniya 23 sentabr kungi matbuot anjumanida jamoatçilikka taqdimot qildi. Loyiha turar joylar, mehmonxona, savdo va köngiloçar maskanlarni öz içiga oladi; qiymati 100 mln dollarga baholangan.