Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya xalqini ko‘chaga chiqishga chorladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an FaceTime orqali millatga murojaat qildi va mamlakat aholisini ko‘chalarga chiqishga chaqirdi.
U o‘zi xalq tomonidan saylangan qonuniy prezident ekanini, uni noqonuniy kuchlar hukumatdan ag‘darmoqchi bo‘layotganini aytgan va xalqni bu kuchlarga qarshi turishga, maydonlarga va aeroport hududiga kelishga chorlagan.
"Men aholini ko‘cha va maydonlarga chiqib ushbu qo‘zg‘olnni bartaraf etishni so‘rayman", — dedi Erdo‘g‘an o‘z murojaatida.
Avvalroq prezidentning xavfsiz joyda ekanligi ma'lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya bosh vaziri mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish sodir bo‘lganligini ma'lum qildi. Istanbuldagi tanklar Otaturk aeroportini o‘rab oldi.Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti yopildi. Turkiya bosh shtab rahbari harbiylar tomonidan asir olindi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026