Jahon | 16:30 / 17.07.2016
9266
2 daqiqa o‘qiladi

Misrlik ekspert: Turkiya beqaror hududlar qatoriga kirdi

Foto: © RIA Novosti

Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish mamlakatni beqaror mintaqalar guruhiga kiritish uchun uzil-kesil asos bo‘ladi. Misrlik siyosatshunos Said Sodiqning fikricha, Rajab Toyib Erdo‘g‘andan qasos olish istagidagilar tomonidan uyushtirilgan 16 iyul voqealari mamlakatda beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin.

"Turkiya hukumati xalqni kurdlarga qarshi ko‘tardi, terrorchilar mamtakat yuragiga zarba bera boshladi, iqtisodiyotdagi yutuqlar parda ortiga o‘tdi, endi esa davlat to‘ntarishiga urinish guvohi bo‘ldik. Unda Turkiya armiyasining 30 foizga yaqini ishtirok etdi. Turkiya 16 iyul kuni beqaror mintaqalar guruhiga kirdi va bu yerda uzoq vaqt qoladi", deya taxmin qilgan ekspert.

Siyosatshunosning fikricha, Turkiyadagi vaziyat beqarorlashuvidagi asosiy sabab terrorizm muammosi.

"Terrorizm - hozirda Turkiyaning asosiy muammosi. Turkiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aytiladigan IShIDni tashkil qilishdan maqsad tashkilotning Suriyada vaziyatni o‘zgartirishiga erishish edi. Endilikda bu tashkilot jangarilari Turkiyaning o‘ziga qarshi harakat qilmoqda", deydi Sodiq.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinish sodir etilgani haqida ma'lum qildi. Turkiyalik harbiylar hukumatni o‘z qo‘liga olgani haqida e'lon qildi. 16 iyul kuni ertalab isyonchi harbiylar taslim bo‘la boshladi. Turkiya hukumati fitna bostirilgani haqida e'lon qildi.

Mavzuga oid