Jahon | 08:59 / 18.07.2016
9759
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning yangi raketa-tashuvchisiga qozoqcha nom beriladi

Foto: ruscosmos.narod.ru

"Boyterek" Rossiya-Qozog‘iston koinot loyihasida ishlatiladigan o‘rta sinfdagi yangi raketa-tashuvchi "Sunqar" (Shunqor) qozoqcha nomini oladi.   

"Biz rossiyalik hamkorlarimizdan bizga raketaga nom berishga ijozat berganlari uchun minnatdormiz. Va bizning do‘stona munosabatlarimizni rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan "Boyterek" kabi loyiha eng yangi texnologiyalar qo‘llangan holda amalga oshirilishidan xursandmiz. Bu loyiha Qozog‘iston va Rossiya xalqlariga xizmat qiladi", deb ma'lum qilindi Qozog‘iston koinot agentligida.   

"Sunqar" raketasi 2018-2025 yillar ichida yaratiladi, bunga 30 mlrd rubl ko‘zda tutilgan. Hozircha "Boyterek" bo‘yicha hamkorlar "Proton" raketa majmuasini modernizatsiyalash va birgalikda ishlatish bilan shug‘ullanmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid