Jamiyat | 15:30 / 19.07.2016
13035
3 daqiqa o‘qiladi

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

19 iyul kuni britaniyalik taniqli aktyor Benedikt Kamberbetch 40 yoshga to‘ldi. Bugungi kunda u yulduzli onlarini boshdan kechirmoqda, 2010 yilda “Sherlok” serialining birinchi fasli ekran yuzini ko‘rganidan keyin u butun dunyoga tanildi. Filmda Artur Konan Doylning qahramoni bizning zamondoshimizga aylanadi, turli gadjyetlardan erkin foydalanadi, ammo qirolicha Viktoriya davrida London politsiyasi uddasidan chiqmagan chigal jinoiy ishlarni birin-ketin fosh qilishga muvaffaq bo‘ladi. O‘tgan 6 yil ichida Kamberbetch blokbasterlar (“Xobbit” trilogiyasi, “Intiqom”), bayopiklar (“Beshinchi hokimiyat”da Julian Assanj), tarixiy ketma-ketliklarda (“Bo‘sh toj”ning yangi faslida Richard III) suratga tushgan va “Oskar”ga (“Taqlid o‘yini”da matematik Alan Tyuring roli uchun) da'vogarlik qilgan. 

2015 yilda aktyor Londondagi Barbikan teatri sahnasida Hamlet rolida namoyon bo‘ldi. Bugungi kunda aktyorning kun tartibi juda tig‘iz – undan komikslar qahramoni Doktor Strenj (joriy yilning kuz oylarida namoyish etiladi), “Grinch – Rojdestvo o‘g‘risi” multfilmi bosh qahramoni (2018 yilda ekranga chiqishi mo‘ljallangan) va albatta, “Sherlok”ning yangi qismlari o‘rin olgan, mazkur serialning to‘rtinchi fasli 2017 yilda taqdim etiladi. 

“Sherlok” serialidan lavha


“Taqlid o‘yini” filmidagi matematik – Alan Tyuring roli uchun Kamberbetch “Oskar”ga da'vogarlik qilgan

“Beshinchi hokimiyat” filmidan lavha


Kamberbetch Hamlet rolida


Benedikt Kamberbetch “Bo‘sh toj” serialida Richarda III timsolida

Rejissyor Piter Jyeksonning “Xobbit” trilogiyasida Benedikt Kamberbetch Smaug ajdarhosi rolini ijro etgan va Sauronga (Nekromanta) ovoz bergan

Benedikt Kamberbetch komikslar qahramoni Doktor Strenj siymosida (2016 yilning kuz oylarida katta ekranga chiqadi)

Kamberbetch qirolicha Yelizaveta II’dan Britaniya imperiyasi Ordenini  qo‘lga kiritganidan so‘ng turmush o‘rtog‘i bilan

Mavzuga oid