Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Turkiya flotining yo‘qolgan kemalaridan 4tasi Qora dengiz hududida
Turkiya harbiy dengiz flotining 4ta kemasi Qora dengiz akvatoriyasida bo‘lib turibdi, shundan 2tasi Ruminiya suvlarida. Bu haqda RIA Novosti agentligi harbiy-diplomatik manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq Times nashri Turkiya flotining 14 kemasi 15 iyul oqshomidagi voqealardan keyin harbiy bazalarga qaytmagani haqida xabar bergandi. Nashrning yozishicha, juma kuni kemalar Qora dengiz va Egey dengiziga navbatchilikka chiqishgan. Bu kema bortlarida isyonchilar borligi taxmin qilinmoqda. Ular kemalarni Gretsiyaga olib ketgan bo‘lishi mumkin.
"Hozirda Qora dengiz hududida Turkiya flotining kamida 4ta kemasi bor: 2tasi Ruminiyaning Konstansa portida, bittasi Bolgariyaning Burgase portida, yana biri esa Qora dengizning betaraf suvlarida suzmoqda. Rossiya suvlari hududida turklar kemasi yo‘q", degan manba.
Shu bilan birga u dengiz hududida suvosti kemalari bor bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026