Jahon | 17:44 / 21.07.2016
6720
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada Turkiyadan qochgan harbiylar ustidan sud jarayoni boshlandi

Foto: AP

Gretsiyaning Dedeagach shahrida Turkiyada amalga oshmagan davlat to‘ntarishidan so‘ng vertolyotda qochgan sakkiz nafar turk harbiysi ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Sudlanuvchilar Gretsiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblanmoqda.

Ma'lum qilinishicha, sudlanuvchilarni sud zaliga yuzlarini berkitgan holatda, xavfsizlik choralarini kuchaytirgan tarzda olib kelishgan.
Sud zalidan turk advokatlari, Turkiya bosh konsulligidan diplomat va jurnalistlar o‘rin olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid