Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT XK Liviya kimyoviy qurolini olib chiqishga ruxsat berdi
Foto: AP
BMT XK Liviyadagi kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish maqsadida olib chiqishga ruxsat berdi. Endilikda, Kengash a'zolari, bu kabi OQQ (ommaviy qirg‘in qurollari) terrorchi guruhlar ixtiyoriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Shu mazmundagi rezolyutsiya XK tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
Hujjatga muvofiq, asab tizimini ishdan chiqaruvchi amiton (VG) moddasi va boshqa aralashmalar hamda kimyoviy qurolning ayrim qo‘shilmalari kabi 2- toifadagi kimyoviy qurollar shular jumlasiga kiradi.
Rezolyutsiyaga ko‘ra, "a'zo davlatlar Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ko‘rsatmasiga binoan kimyoviy qurolni o‘z ixtiyorlariga olishi, tashishi, taqdim etishi va yo‘qotish huquqiga ega".
"Bularning bari, Shimoliy Afrika mamlakati Milliy birlik hukumati bilan kelishilgan holda Liviya kimyoviy qurollari zaxirasini imkon qadar tezroq va eng xavfsiz usulda yo‘qotish imkonini beradi".
Mavzuga oid
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026