Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya HHK samolyoti IShID jangarilari tomonidan urib tushirildi
IShID jangarilari Hama viloyati hududida Suriya Harbiy havo kuchlari samolyotini urib tushirgan. Bu haqda Qatardagi Al Jazeera telekanalida xabar tarqatilgan.
Samolyot Hama viloyati markazidan sharqdagi hududda (Damashqdan 220 km masofada), Salmiya tumanida qulagan. Uchuvchining taqdiri haqida aniq ma'lumot yo‘q. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, samolyot yerdagi zenit raketalari otuvchi artilleriya vositasi orqali urib tushirilgan.
13 mart kuni Hama hududida Suriya hukumatini yana bir harbiy samolyoti urib tushirilgandi.
Salmiyada hukumat armiyasi bo‘limlari joylashtirilgan. IShID jangarilari shu vaqtgacha bir necha marta bu shaharni egallab olishga harakat qildi. Lekin harbiylar hujumlarni muvaffaqiyat bilan qaytarib kelishmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026