Jahon | 17:33 / 25.07.2016
4230
1 daqiqa o‘qiladi

OAVda Misr prezidentining ADL sammitiga bormagani sababi aytildi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining Mavritaniyada bo‘lib o‘tayotgan Arab davlatlari ligasi sammitida ishtirok etishdan bosh tortishiga, suiqasd hozirlanayotgani to‘g‘risidagi xabar sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Youm7 nashri o‘z manbalariga asoslangan holda. 

Ta'kidlanishicha, prezident suiqasd to‘g‘risidagi xabar tasdiqlanganidan keyin, sammitga bormaslikka ahd qilgan. 

Arab davlatlari ligasining 27-sammiti 25 iyul, dushanba kuni Mavritaniyaning Nuakshot shahrida o‘z ishini boshlaydi. Uning ishida Misr bosh vaziri Sharif Ismoil qatnashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid