Arab davlatlari ligasi (ADL) payşanba kuni taşqi işlar vazirlari darajasida favqulodda yiğiliş ötkazadi. Uşbu uçraşuvda AQŞ elçixonasining Al-Qudsga köçirilişi masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda «Anadolu» diplomatik doiralardagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Şuningdek, ADL uçraşuv çoğida Isroilning falastinlik tinç namoyişçilariga qarşi jinoyatlarini ham körib çiqadi.

Avvalroq, Falastin hukumati Arab davlatlari ligasi yiğilişini 16 may kuni vakillar darajasida çaqirişni talab qilgandi. Bu AQŞning Isroildagi elçixonasi Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirilişini muhokama qiliş maqsadida amalga oşirildi.

Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp 2017 yilning 6 dekabrida Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş va elçixonani Tel-Avivdan Al-Qudsga köçiriş qarori haqida ma'lum qildi. AQŞning Al-Qudsdagi elçixonasi binosi 14 may kuni oçildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda ayblagandi.