Arab davlatlari ligasi Taşqi işlar vazirlari kengaşi Suriyani taşkilotga qaytarişga qaror qildi — uning a’zoligi töxtatilganidan ön yildan köproq vaqt ötib. Bu qaror Qohirada bölib ötgan favqulodda yiğilişda qabul qilindi, dedi 7 may, yakşanba kuni Arab davlatlari ligasi boş kotibi vakili Gamal Ruşdiy. Bu öz xalqiga nisbatan şafqatsiz repressiya tufayli 2011 yilda taşkilotdan çiqarib yuborilgan Suriya prezidenti Başar Asad hukumatining yakkalanişiga çek qöyadi, deya ta’kidladi dpa.

Arab davlatlari “özaro hurmatga asoslangan samarali yondaşuv”ga amal qilişlari kerak, deya ma’lum qildi Suriya TIV. Idora, şuningdek, “arab davlatlari oldida turgan muammolarni hal qiliş uçun birgalikdagi iş va muloqot muhimligini” ta’kidladi.

Arab davlatlari ligasi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Suriyadagi inqirozni, uning “insonparvarlik va siyosiy oqibatlarini, şuningdek, xavfsizlik uçun jihatlarini hal qiliş harakatlarida yetakçi rol öynaşni boşlaş istagini” qayd etib, "barça muhtojlarga" insonparvarlik yordami körsatilişi kerakligini qöşimça qildi. Şuningdek, ular “keng qamrovli yeçimga erişiş uçun Suriya hukumati bilan töğridan töğri muloqotni” davom ettiriş maqsadida vazirlar qömitasini tuzişga kelişib oldilar.

Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotlariga köra, Suriya rasmiylari muxolifat bilan yangi konstitutsiya böyiça muzokaralarni davom ettirişi va saylovlarga yöl oçişi kutilmoqda. Bundan taşqari, hukumat qoçqinlarning qaytişiga ruxsat berişi, insonparvarlik yordami körsatilişini ta’minlaşi va qöşni davlatlarga narkotik moddalar kontrabandasini töxtatişi kerak, deya ta’kidladi agentlik. Unga köra, arab davlatlari Suriyadagi tiklaniş işlariga moliyaviy yordam bermoqçi va ittifoqçi davlatlarni bu mamlakatdan qöşinlarini olib çiqişga köndirmoqçi.

19 may kuni Saudiya Arabistonida Arab davlatlari ligasining 22 a’zosi iştirokidagi navbatdagi sammit ötkazilişi rejalaştirilgan. Podşohlik Asadni uşbu uçraşuvga taklif qilişi mumkin, deb yozadi dpa.