Arab parlamenti Arab davlatlari ligasini (ADL) Suriyani a'zoligi töxtatib qöyilganidan yetti yil ötib, taşkilotga qaytarişga çaqirdi. Bu haqda parlament bayonotida aytilgan.

«Arab parlamenti ADL kengaşi, barça umumarab taşkilotlarini iş boşlaşga hamda Suriyani arab dunyosiga qaytariş böyiça muvofiqlaşgan holda harakat qilişga çaqiradi», - deyiladi hujjatda.

Suriyaning ADLdagi a'zoligi 2011 yil noyabr oyida, hukumat kuçlari va qurollangan muxolifat tuzilmalari örtasidagi töqnaşuvlar tufayli muzlatib qöyilgandi. Şu bilan birga, qator arab davlatlari Damaşqdan öz elçilarini çaqirtirib olişdi.

ADLga asos solgan davlatlardan biri bölgan Suriya bu vaqtga qadar taşkilot işida iştirok etmadi. Şu bilan birga, ADL Suriyadagi vaziyatga yeçim topiş böyiça muzokaralarda deyarli qatnaşmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Turkiyaga Suriya böyiça eslatma bilan çiqqandi.

Pentagon vakili Şon Robertsonning ma'lum qilişiça, Suriya şimoli-şarqidagi turk harbiylarining bir tomonlama harakatlari «qabul qilinişi mumkin emas».