Jahon | 07:41 / 25.07.2016
10100
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada NATO bazasi yaqinida yirik yong‘in yuz berdi

Turkiyaning Izmir viloyatidagi NATO bazasi yaqinida yirik yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda BNO News.

Ta'kidlanishicha, yong‘in 40 gektar o‘rmonni qamrab olgan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Mahalliy politsiyada yong‘in ataylab uyushtirilgani va NATO bazasiga qaratilgani taxmin qilinmoqda.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid