Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rdaklar ishtirokidagi YTH
Xitoyning sharqidagi Tszaochjuane trassasida 10 ming o‘rdakni fermaga olib ketayotgan yuk mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi, buning natijasida parrandalar ozodlikka chiqdi.
To‘qnashuv sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan maxsus xizmat xodimlari o‘rdaklarni ishlashga halaqit bermasliklari hamda yangi YTHlarni keltirib chiqarmasliklari uchun yo‘ldan haydashga majbur bo‘lishdi. Shundan keyingina jabrlangan haydovchilarga yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lindi.
Taxminan bir soat davom etgan operatsiya davomida qutqaruvchilar YTHda jabrlangan avtomobillarning uch nafar yo‘lovchisini ozod qilishdi, ulardan hech biri og‘ir jarohat olmagan.
Suratlarga qarab baho beriladigan bo‘lsa, qutqaruv operatsiyasida o‘rdaklar insonlarga yaqin bo‘lishni istashganini ko‘rish mumkin.



Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026