Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur Iroqqa harbiy shifokorlarni yuboradi
2017 yilning boshida Singapur Iroqqa tibbiy guruh jo‘natadi. U shu bilan aksilterror koalitsiyadagi ishtirokini kengaytiradi. Straits Times nashri xabariga ko‘ra, bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama va Singapur bosh vaziri Li Syan Lun o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida aytib o‘tilgan.
«Terrorchilar hozirgacha turli mamlakatlardan ko‘mak olib turishgan ekan, ular sayyoradagi istalgan davlatga xavf solishlari mumkin, jumladan, Singapurga ham. Aynan shuning uchun mamlakat Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashga qo‘shilgan edi. Endi u IShIDga qarshi kurashni Iroq va Suriyada davom ettiradi», — degan Singapur bosh vaziri.
Bundan avvalroq, Singapur mudofaa vaziri tibbiy guruh a'zolari IShIDdan jabr ko‘rgan askarlarga, tinch aholi vakillariga yordam ko‘rsatishini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:25 / 31.03.2026
Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etdi
12:11 / 21.03.2026