Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Ispaniya va Portugaliyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
Yevroittifoq kengashi byudjyet kamomadini pasaytirish bo‘yicha talablarni bajaramaganligi uchun Ispaniya va Portugaliyaga jarima solmaslikka qaror qildi. Bu haqida kengashning matbuot relizida ma'lum qilingan.
"Kengash haddan ziyod kamomadni bartaraf etish uchun samarali choralar ko‘rmagani sababli Portugaliya va Ispaniyaga nisbatan jarima belgilamadi", - deyiladi xabarda.
Qo‘yilgan talablarni bajarish uchun ikki mamlakatga yangi muddat belgilandi.
"Kengash Portugaliya davlat byudjyetining umumiy kamomadini 2016 yilda 2,5 foiz YaIMgacha, Ispaniyani esa - 2016 yilda 4,6 foiz YaIM, 2017 yilda 3,1 foiz YaIM va 2018 yilda 2,2 foiz YaIMgacha qisqartirishga chaqirdi", - deyilgan matbuot relizida.
Manbaga ko‘ra, 12 iyulda Yevroittifoq mamlakatlarining iqtisodiyot va moliya vazirlari kengashi Ispaniya va Portugaliyaning o‘z byudjyetlari kamomadini pasaytirish uchun yetarlicha choralar ko‘rmagan, deb topgan.
Ispaniya va Portugaliyadan olingan dalillardan so‘ng Yevrokomissiya bu ikki mamlakatga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni bekor qilishni tavsiya qilib, vaziyatni to‘g‘irlash uchun ularga qo‘shimcha vaqt berish taklifini kiritgan.
Mavzuga oid
21:16 / 24.01.2026
Ispaniyada yo‘qolib qolgan mushuk besh oyda 250 kilometr yo‘l bosib uyiga qaytdi
12:34 / 23.01.2026
Ispaniyada poyezd kran bilan to‘qnashdi
09:42 / 22.01.2026
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
13:33 / 21.01.2026