ZTE ilovalar do‘koni
ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va mobil telefonlarni yetkazib beruvchi dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. ZTE mahsulotlari turlari simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining har bir jabhasini qamrab oladi. ZTE korporatsiyasi 1985 yili Xitoyning Shenchjyen (Shenzhen) shahrida tashkil etilgan, uning bosh qarorgohi hozirgacha aynan shu maskanda joylashgan. 1997 yili kompaniya Shenchjen fond birjasi listingiga kiritildi, 2004 yilning dekabrida esa Gonkong fond birjasida ro‘yxatdan o‘tdi. Shuningdek ZTE Hang Seng China Enterprises Index indeksi takibiga kiritilgan.
Ilovalar do‘koni (ZTE “CoStore” brendi), nafaqat mobil telefonlarning amaliy dasturiy ta'minotini yoki raqamli kontentni, balki VAS mahsulotlari va raqamli moslamalarni sotish uchun ham tashkil etilgan. Foydalanuvchilar o‘yinlar, taqvimlar, tarjima uchun mo‘ljallangan instrumental vositalar, tasvirlar va har qanday boshqa raqamli kontentni telefonlar, IPTV qurilmalari, shaxsiy kompyuter yoki planshetlar kabi turli terminal asbob-uskunalariga yuklab olishi mumkin. CoStore boshqa dasturiy ta'minot yetkazib beruvchilariga eBusiness-sotuvlarining qulay va samarali platformasini taqdim etish uchun mo‘ljallangan, bu esa raqamli mahsulotlarning bozorga kirib borishini ancha osonlashtiradi.
Bozorda qo‘llash imkoniyatlari
2009 yilning qish mavsumida ChinaTelecom ushbu platformaga asoslangan “SurfingAppFactoryforChinaTelecomIMSserviceandapplicationusers” deb nomlangan o‘z ilovalar do‘konini ishga tushirdi.
2010 yilning qish mavsumida Xitoyning Unicom kompaniyasi ZTE bilan hamkorlikda o‘zining WoStore (http://store.wo.com.cn i http://dev.wo.com.cn) ilovalar va raqamli kontent do‘konini ishga tushirdi. WoStore deyarli 2 million obunachilarga xizmat ko‘rsatadi, 6000 dan ortiq ilovalardan tarkib topgan va 200 dan ortiq kompaniya hamda 3000 nafar yakka tartibdagi hamkor bilan ishlaydi.
2011 yili ZTE Singapurdagi IPTV StarHub va Indoneziyadagi Smart foydalanuvchilari uchun raqamli kontent va ilovalar do‘konlarini ochdi.
Mijozlar uchun afzalliklar
ZTE uyushgan hamkor sifatida 2010 yilning sentabrida WACga birikdi. ZTE platformasi Android-platformani ko‘llab-quvvatlaydi, u WAC 2.0 WRTga muvaffaqiyatli integratsiyalangan va AndroidWebKitga muvofiqlik tekshiruvidan o‘tdi.
Portalning yuqori darajadagi interfeysi turli operatsion tizimlar, shu jumladan Android, Symbian, BlackBerry, Java, iOS va WindowsMobile qurilmalardagi interfeysni unifikatsiya qilish uchun har qanday moslamada yaxshi ishlaydi: brauzerlardagi mobil interfeyslardan tashqari, ZTE ilovalar do‘koni mobil telefonlarda, PC, planshetlar IPTV qurilmalarida ODP dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
ZTE ilovalar do‘koni UCD professional jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan va UPA xalqaro tashkiloti andozalariga javob beruvchi oson ishlatiladigan shablonlar yordamida mobil Internet-ilovalar portalining eng maqbul interfeysini qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaydi.
ZTE ilovalari do‘koni hamkorlar, reklama beruvchilar va operatorlar uchun boshqaruv hamda hisobotlar borasidagi vazifalarni a'lo darajada bajaradi, daromadlarni taqsimlash borasida qulay va shaffof modelga ega.
Ilovalarning miqdori va turlarining ko‘pligi operatorlar uchun qulaylik tug‘diradi. Masalan, Xitoyning Unicom do‘konida 20000 ta ilova va boshqa dasturlar olti toifada taqdim etilgan. Elektron kitoblar, mavzular, ilovalar, o‘yinlar, ko‘ngil ochish vositalari va musiqa shular jumlasidan.
200 ta hamkor korxona va 3000 nafar sherik ZTE CooperationPartner birlashmasining a'zolari hisoblanadi.
Faoliyatni kengaytirish borasidagi imkoniyatlarning keng ko‘lami
Kompaniyaning tadqiqotlar va taraqqiyot borasidagi katta salohiyati hamda O&M imkoniyatlari ZTE R&D-markazida faoliyat yurituvchi 300 nafar muhandis tomonidan ta'minlanadi, ular ilovalar do‘konining 24*7 loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydilar.
Bulutli servislarga mos tarzda taraqqiy topayotgan SOA arxitekturasiga asoslanib, dasturiy ta'minotning modellashtirishgan shaklda loyihalashtirilishi kelgusida faoliyatni yanada kegaytirish imkoniyatini beradi.
ZTE sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida kompaniyamiz O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini yaxshilab kelmoqda.
Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqida
Mavzuga oid
17:00 / 19.11.2021
O‘zbekistonda ZTE Blade smartfonlarining sotuvi boshlandi
18:23 / 12.11.2021
Bayden Huawei va ZTE qurilmalaridan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi
17:46 / 01.07.2021
ZTE “aqlli” futbolka chiqardi
09:11 / 02.09.2020