Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonlik cho‘ntakkesarlar iPhone’dan boshqa telefonlarni egasiga qaytarmoqda
Londonliklar o‘g‘irlangan telefonlarning qaytarilishi haqidagi hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi. Gap har safar o‘g‘rilar iPhone’ga qaraganda kamroq jozibador deb hisoblagan Android qurilmasi haqida borgan.
London Centric nashrining yozishicha, so‘nggi oylarda Londonda qiziqarli tendensiya kuzatilmoqda: o‘g‘irlangan, ammo keyinchalik qaytarilgan Android smartfonlari soni ortib bormoqda.
Qolaversa, ularni o‘g‘rilarning o‘zi qaytarmoqda, lekin aytishlaricha, nozik tomonlari ham bor. Cho‘ntakkesarlar faqat Android telefonlarni qaytarib bermoqda, iPhone smartfonlarini emas.
Londonning bir necha aholisi o‘g‘irlangan telefonlarning qaytarilishi haqidagi hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi. Gap har safar o‘g‘rilar iPhone’ga qaraganda kamroq jozibador deb hisoblagan Android qurilmasi haqida borgan.
Manba uchta diqqatga sazovor holatni ajratib ko‘rsatdi. Ulardan birinchisida elektr velosipeddagi jinoyatchi foydalanuvchidan Samsung Galaxy’ni tortib olishga uringan. O‘g‘ri modelni tanib qolgach, telefonni tashlab, qochib ketdi.
Boshqa bir foydalanuvchiga o‘g‘ri dastlab do‘stona ko‘ringan, ammo Android-smartfoni borligini bilib, tezda qiziqishini yo‘qotgan.
Uchinchi holatda foydalanuvchi sakkiz kishidan iborat to‘daning hujumi qurboni bo‘ldi, ular uning mol-mulkini, jumladan telefonini tortib oldi. Uni hayron qoldirgan narsa shundaki, hujum qilganlardan biri unga Samsung telefonini qaytarib bergan.
Ammo bu iPhone bo‘lsa, o‘g‘rilardan «mehribonlik»ni kutmaslik kerak. Ehtimol, qora bozorda o‘g‘irlangan iPhone’larga talab bor, chunki ular qayta tiklangan qurilma sifatida sotilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026