Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zambiyada umumiy saylovlar boshlandi
Zambiyada prezident, parlament va mahalliy saylovlar boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 6:00da 15,5 million kishidan iborat Janubiy Afrika mamlakatida ovoz berish uchun 7 700 saylov uchastkasi ochildi.
Ro‘yxatga olingan 6,7 million saylovchi besh yil muddatga davlat rahbari, 150 nafar parlament a'zosi, shuningdek shahar merlari, o‘nta provinsiyada mahalliy majlis raislari va a'zolarini saylashi kerak bo‘ladi.
Davlat rahbari lavozimiga to‘qqiz nomzod da'vogarlik qilmoqda, biroq asosiy raqobat Vatanparvarlik fronti (VF) partiyasi vakili 60 yoshli amaldagi prezident Edgar Lungu va 54 yoshli Milliy taraqqiyot birlashgan partiyasi (MTBP) yetakchisi Xakainde Xichilema o‘rtasida kechadi. Lungu hukumat tepasiga 2015 yilda prezident Maykl Satning o‘limi tufayli bo‘lib o‘tgan shoshilinch saylovlardan keyin o‘tirgan.
O‘shanda u Xichilemu ustidan minimal farq bilan (1,66 foiz) g‘alaba qozongan - 48,33 foiz/46,67 foiz.
Mavzuga oid
22:46 / 20.02.2026
Zambiyaning sobiq prezidentini 8 oydan beri dafn qila olishmayapti
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026