Jahon | 18:25 / 17.08.2016
8144
1 daqiqa o‘qiladi

KXDRning yadro yoqilg‘isini qayta ishlashdan maqsadi nima?

Foto: © AFP

Shimoliy Koreya hukumati yadro kallaklari uchun plutoniy olish maqsadida yadro yoqilg‘isini qayta ishlashni boshlagani to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Yaponiyaning Kyodo agentligi.

Bundan tashqari, KXDR AQSh tomonidan tahdidlarga barham berilmas ekan, bu boradagi ishlab chiqarishni to‘xtatmasligiga urg‘u bergan. 

Ta'kidlanishicha, rasmiy Pxenyan birinchi marta plutoniy ishlab chiqarayotganini tasdiqlayapti. Bundan tashqari, yadro qurollari boyitilgan urandan ishlab chiqilishiga aniqlik kiritilgan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid