Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepaldagi zilziladan keyin Everestga ko‘tarilish osonlashdi
Nepaldagi vayronakor zilzilalardan keyin dunyoning eng baland tog‘i bo‘lgan Everestga ko‘tarilishdagi eng murakkab relef shakllaridan biri yo‘qoldi, deb yozmoqda NZ Herald.
Gap Xillari zinasi haqida bormoqda, u 8790 metrlik balandlikda boshlanadi. Bu juda tik, deyarli vertikal qiyalik bo‘lib, 13 metrga yaqin balandlikka ega. U o‘zidan qor va muz cho‘qqisini aks ettiradi. Xillari zinasi orqali o‘tish joyi juda tor bo‘lib, shu sababli bu yerda cho‘qqiga chiqishni istaganlar va undan qaytayotganlar navbati yuzaga keladi.
Alpinist Mark Xorrellning ma'lum qilishicha, 2016 yilda bu zina deyarli yo‘qolgan, uning o‘rnida esa ko‘p miqdorda qor yuzaga kelgan, buning oqibatida esa cho‘qqiga chiqish osonlashgan.
Ta'kidlanishicha, bu holat Everestdagi 2014 va 2015 yillardagi zilzila va ular vaqtida yuzaga kelgan qor ko‘chkilari bilan bog‘liqdir.
"Normal mavsumda tog‘ning bu qismi tirmashib chiqish bilan o‘tilardi, biroq bu yil u to‘liq qor bilan qoplangan. Xillari zinasi sezilmay qolgan, u chuqur qor ostida qolgan", deb ma'lum qildi yana bir alpinist Devid Xemilton.
Everestga ko‘tarilishning eng murakkab qismi hisoblanadigan Xillari zinasi yangi zelandiyalik alminist Edmund Xillari nomiga atalgan bo‘lib, u 1953 yil 29 mayda sherp Tentsig Norgey bilan birinchi bo‘lib Everestni zabt etgan.
2015 yildan keyingi zilziladan keyin Everestga birinchi marta 2016 yil mayida chiqilgan.
Mavzuga oid
20:10 / 07.06.2026
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
22:44 / 23.04.2026
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
10:16 / 28.03.2026
Nepal sobiq bosh vaziri hibsga olindi
12:13 / 13.12.2025