O‘zbekiston | 22:15 / 17.08.2016
14516
3 daqiqa o‘qiladi

Onalik va bolalik – Davlat muhofazasida

Yaqinda Oliy Majlis Senatining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Parlamentning quyi – Qonunchilik palatasi ham bir qator qonun loyihalarini Senatning VI sessiyasi muhokamasiga kiritmoqda. Bu haqda Norma.uz sayti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aliya Yunusovaga asoslangan holda xabar qilgan. 

Shunday hujjatlar orasida Qonunchilik palatasi tomonidan uch o‘qishda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham bor.
 
«Sog‘lom ona va bola» Davlat dasturining ikkinchi bandi Jinoyat kodeksiga 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan onalarga nisbatan (ularning bolani tarbiyalash bo‘yicha ta'tilga chiqishidan qat'iy nazar) jinoiy qonunchilikni yanada liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish belgilangan. Unga muvofiq, bunday ayollarni axloq tuzatish ishlariga jalb etmaslik ko‘zda tutilgan. 

O‘zbekiston Asosiy Qonunining 65-moddasiga binoan, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi. Konstitutsiya talablarini ijro etish maqsadida, Jinoyat kodeksining 46-moddasida axloq tuzatish ishlari homilador ayollar va onalik sababli ta'tilga chiqqan ayollarga qo‘llanilmaydi. 

Mazkur moddaga muvofiq, (yarim yildan 3 yilgacha bo‘lgan) axloq tuzatish ishlari sudlanuvchining ish joyi yoki boshqa joyda o‘tkazilib, ish haqining 10dan 30 foizgacha bo‘lgan qismini davlat hisobiga o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu qoidalar, nafaqa yoshiga yetganlarga, mahnat layoqatiga ega bo‘lmaganlarga, homilador va onalik bilan bog‘liq ta'tilga chiqqan ayollarga hamda harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 

Milliy qonunchilik tahlili shuni ko‘rsatdiki, Jinoyat kodeksining 46-moddasi onalik bilan ta'tilda bo‘lgan ayollarga nisbatan axloq tuzatish ishlarini qo‘llashga imkoniyat bermaydi. Biroq, mazkur me'yor doimiy ish joyiga ega bo‘lgan ayollarga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan ishsiz ayollarning huquqi poymol qilingan bo‘ladi. Ayni nuqson Oliy sud plenumi tomonidan qabul qilingan «Sudlarning jinoiy jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 19-bandi bilan to‘ldirilgan. 
 
Ayni toifadagi ayollarning huquq va manfaatlarini, ularning mehnat faoliyatidan qat'iy nazar ta'minlash maqsadida, shuningdek, jinoiy jazolarni liberallashtirish uchun mas'uliyatli organlar bilan kelishilgan holda 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan har qanday onaga axloq tuzatish jazosini tayinlamaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlangan.

Mavzuga oid