Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qamoqdagi 38 ming kishining taqdiriga oydinlik kiritildi
Turkiya jumhuriyati adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ning Tvitterdagi sahifasida ma'lum qilishicha, 38 ming kishi «nazoratdagi ozodlik» tizimini joriy qilish doirasida ozod etiladi.
Ushbu islohot to‘g‘risida 17-avgust kuni e'lon qilingan hukumat qarorida so‘z yuritilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur islohot ko‘plab mahbuslarga qamoqdan chiqishlariga imkon beradi. Biroq, ularga sinov muddati tayinlanadi.
Ushbu qarorning qabul qilinishiga davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, ommaviy ravishda qamoqqa olishlar o‘tkazilgani bois qamoqlarning to‘lib-toshgani sabab bo‘lgan.
Bundan avvalroq, Bo‘zdog‘ davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumon qilinib, 26 mingdan ortiq odam qo‘lga olinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026