Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh texnologik kompaniyalari 2016-yilda qancha xodimini ishdan bo‘shatadi
Challenger, Gray & Christmas konsalting kompaniyasi AQShdagi texnologik kompaniyalarning 2016-yilda necha nafar xodimini ishdan bo‘shatishi mumkinligi haqida prognozlarini e'lon qildi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Yil boshida, mazkur firma 330 ming xodim ishdan bo‘shatilishini taxmin qilgandi. Biroq, Challenger, Gray & Christmas o‘z prognozini qayta ko‘rib chiqib, bu raqamni 370 ming nafargacha ko‘tardi. Bu xabarlar, Cisco kompaniyasi birdaniga 5,5 ming xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qilganidan keyin paydo bo‘ldi. Ammo, boshqa tahlilchilar konsalting firmasining taxminlarini o‘ta pessimistik yondashilgan, deya baholashgan.
«Yuqori texnologiyalar sanoati jiddiy qayta shakllanishni boshdan kechirmoqda. Va oldinda yana ko‘plab tashvishli holatni kuzatamiz», — degan Global Equities Research tahlilchisi Trip Chodri.
Umuman, mutaxassislar sanoatda sezilarli o‘zgarishlar bo‘layotgani borasida yakdillar. Bu birinchi navbatda yangi xizmatlar bilan izohlanadi. Hozirgi paytda, masofali saqlash texnologiyalari va mobil ilovalar tobora rivojlanmoqda. Shu sabab, turli devayslar va “bir uyum temir” ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bu kabi zarbalarga dosh berolmasligi mumkin.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026