O‘zbekiston | 16:04 / 18.08.2016
4672
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

2016 yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Italiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Rikkardo Manarani qabul qildi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Italiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Elchining ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi qayd etildi.

O‘zbekistondagi besh yillik xizmatini sarhisob qila turib, elchi o‘z mas'uliyatli vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi va elchixonaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid