Jahon | 11:38 / 18.08.2016
5217
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada yong‘in sabab 35 mingdan ziyod uy egasiz qoldi

Foto: AP

AQShning Kaliforniya shtatidagi yong‘in sabab 35 mingdan ziyod uy egasiz qoldi. Bu haqda USA Today nashri yozmoqda.

Ko‘plar evakuatsiya vaqtida uy jonivorlarini olishga ulgurmagan. Nashrning ma'lum qilishicha, 300 jonivorni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan, ular orasida echkilar, otlar, lamalar, tovuqlar va toshbaqalar bor.

Yong‘in bir haftadan beri davom etmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, u 100 kvadrat kilometrni qamrab olgan. Shu paytga qadar yong‘in sodir bo‘lgan hududning 4 foizigina o‘chirilgan. O‘t o‘chirish ishlariga 1,3 ming kishi jalb etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid