Yakunlanib borayotgan 18 avgust so‘ngida O‘zbekiston va jahonda yuz bergan eng asosiy hodisa va yangiliklar dayjesti.
Nexia III ning ilk xaridorlari
8 avgustdan boshlab O‘zbekiston avtosalonlarida Nexia avtomobilining yangi modeli sotuvi boshlandi. Bugun ana shu modelning ilk xaridorlari o‘z avtomobillari kalitlarini qo‘lga olishdi.
>>> Batafsil.
Milliy TV ni butun dunyo ko‘radi
Milliy TV telekanali YouTube videoxostingida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani boshladi. Endilikda telekanalni dunyoning istalgan nuqtasidan tomosha qilish mumkin.
>>> Batafsil.
Mashhur yo‘lbarsning halokati
Hindistonda, dunyoning eng mashhur Machli laqabli yo‘lbarsi 19 yoshida hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda The Times of India nashri.
>>> Batafsil.
Rossiyadagi muhojirlarning patenti
Xorijlik muhojirlar RFda ishlash huquqini beruvchi patent olish maqsadida Rossiya subektlari byudjyetiga yil boshidan beri 21 milliard rublga yaqin mablag‘ o‘tkazishgan.
>>> Batafsil.
KXDRning AQSh bazalari haqidagi fikri
KXDR TIVning bayonot berishicha, Koreya yarim orolidagi holat "tobora qaltis tus olmoqda"; agar AQSh "o‘ylamay qadam tashlash"ga jur'at etsa, Pxenyan Amerikaning Tinch okeani mintaqasidagi barcha harbiy bazalarining kulini ko‘kka sovuradi.
>>> Batafsil.
Xorvatiyaning sotilayotgan orollari
Xorvatiya so‘nggi 14 yil mobaynida Adriatika dengizidagi 5ta orolini sotib yubordi, deb xabar qilmoqda Serbiyaning Tanjug agentligi.
>>> Batafsil.
Eng tez mobil internet
Britaniyaning OpenSignal kompaniyasi jahon mamlakatlarining mobil internet sifatini tahlildan o‘tkazdi va eng tez mobil internetga ega mamlakatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
>>> Batafsil.
Yer yuzidagi eng ulkan havo kemasi
Internetda jahondagi eng ulkan Airlander 10 kemasining sinov rejimida havoga ko‘tarilgani videosi paydo bo‘ldi. Gibrid dirijablning to‘liq parvozi Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tdi.
>>> Batafsil.
Elyazigdagi terakt
Turkiya sharqidagi Elyazig viloyati markazida politsiya mahkamasida portlash amalga oshirildi. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatgan.
>>> Batafsil.
Rio Olimpiadasi tafsilotlari
Bugun tunda o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun bo‘ladigan bahsda ringga ko‘atriladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning bir necha nafar sportchisi bellashuvlarda ishtirok etadi.
>>> Batafsil.