Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kompaniyalari Ukrainadagi korrupsiyaga aloqadormi?
AQSh FQB va adliya vazirligi Amerika kompaniyalarining Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich korruptsion tizimiga aloqadorligi borasidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv ishlarini olib boradi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, bu surishtiruv ishlari keng qamrovli bo‘lib, Respublikachilar partiyasidan Amerika prezidentligi uchun nomzod Donald Trampning sobiq maslahatchisi Pol Manafortning firmasi faoliyati ham tekshiriladi. Ushbu kompaniya, Yanukovich prezidentligi davrida moliyaviy mukofot evaziga Ukraina manfaatlarini ilgari surgan va himoya qilib kelgan.
Xususan, 18-avgust kuni Ukraina milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosi e'lon qilgan hujjatlar nusxasiga ko‘ra, Yanukovichning sobiq maslahatchisi Pol Manafort Ukrainaning Mintaqalar partiyasi "qora kassa"sidan 12,7 mln dollar pul olgan.
Mavzuga oid
17:54
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026