Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada haydovchisiz mini-avtobuslar yo‘lga qo‘yildi
Finlyandiya poytaxti elektr quvvati yordamida harakatlanadigan ikki yangi haydovchisiz avtobuslarni qo‘lga kiritdi. Yle saytining xabar berishicha, yo‘lovchi transportlari 2016 yilning sentabr oyi o‘rtalariga qadar Xernesaari tumani bo‘ylab harakatlanadi.
EasyMile EZ10 avtobuslari Fransiyadagi Liger avtomobil konserni tomonidan yaratilgan, bu konsern Hindistonning Robosoft kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Avtobuslar soatiga 40 kilometrgacha tezlikka ega, lekin fin poytaxtining ma'muriyati yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilish maqsadida haydovchisiz transport tezligini soatiga 10 kilometr bilan cheklashga qaror qildi.

Mini-avtobuslar yo‘lovchilarni uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga tashishga mo‘ljallangan. Masalan, metro bekatidan avtobus bekatigacha. Hozircha shunday, chunki bunday transport turini to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun vaqt va tajriba kerak bo‘ladi.
Finlyandiya - haydovchisiz texnikani sinash uchun eng maqbul mamlakat, zero mahalliy qonunlar yo‘lovchilarni robotlar tashishi va avtotransportning yo‘llarda harakatlanishini taqiqlamaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
14:45 / 01.01.2026
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi
13:06 / 17.11.2025