Jamiyat | 11:06 / 20.08.2016
17149
2 daqiqa o‘qiladi

Kitob tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 19 avgust kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi loyihasi doirasida Kitob tuman hokimi, tuman “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashi raisi Uzoq Xudoyqulov bilan tumanning bir guruh faol yoshlari uchrashdi.

Ushbu uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad - yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni demokratik tamoyillar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma'nan yetuk va jismonan sog‘lom fuqarolar bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, yoshlarning ta'lim siyosatini takomillashtirish, ilm olish kafotlarini yanada mustahkamlash hamda yangi innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etish borasida takliflarlarini olish, ularning ma'naviy barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatga o‘z o‘rinlarini topishlari hamda sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun ko‘maklashishdan iboratdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda va eng quvonarlisi bu imkoniyatlarning ko‘lami kun sayin kengayib bormoqda, - deydi Harakatning viloyat Kengashi Matbuot xizmati xodimi Ahror Sodiqov. – Shuningdek, yoshlar bilan tuman hokimlarining uchrashuvlari tashkil etilayotganligi bugun o‘z samarasini berib, yoshlarimiz o‘zlarining fikr-mulohazalari va bugungi kunda yoshlar hayotida uchrayotgan muammolar yechimini topishda dasturulamal bo‘lib kelmoqda.

Uchrashuv yakunida tumandagi eng faol, iqtidorli yoshlar tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ahror SODIQOV. “Kamolot” YoIH Matbuot xizmati xodimi

Mavzuga oid