Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Kashmir bo‘yicha muzokaralar shartini o‘z kuchida qoldirdi
Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Subramaniam Jayshankar Kashmir muammosi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Islomobodga keladi, deb xabar qilmoqda Pokiston tashqi siyosat mahkamasi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oyzaz Choudxri 15-avgust kuni hindistonlik hamkasbi Jayshankarni Islomobodga taklif qilgan edi. Jayshankar o‘z navbatida taklifni qabul qilgan, ammo faqatgina Kashmirdagi terrorizm mavzusini muhokama etishini bildirgan. Uning fikricha, mintaqadagi vaziyat hamda hududiy da'volar boshqa uchrashuvlarda muhokama etilishi lozim.
Hindiston rasmiy Islomobodni mamlakatning Jammu va Kashmir shtatida faoliyat yurituvchi ayirmachi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi. Pokiston hukumati esa, bu ayblovlarni rad etib, shtat fuqarolari o‘z huquqlari uchun o‘zlari mustaqil kurash olib borayotganini ta'kidlaydi.
Garchi, Hindistonning javob maktubida muzokaralarning kun tartibini o‘zgartirish taklifi ilgari surilgan bo‘lsa-da, Islomobod o‘z qarashini o‘zgartirmagan.
Pokistonning javob maktubida, mamlakat hukumati Kashmirdagi vaziyat yuzasidan tashvishda ekani ta'kidlangan. Bu yerda, bir yarim oydan beri, mahalliy ayirmachilarning yetakchilaridan biri o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan tartibsizliklar davom etmoqda. Hindiston tomoni esa, pokistonlik siyosatchilarning bayonotlariga noroziliklarini izhor qilib, bu Hindistonning ichki ishi ekanini uqdirgan edi.
Mavzuga oid
00:22
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
15:00 / 04.04.2026
Pokistonda energiya inqirozi: hukumat shoshilinch choralarga o‘tdi
17:49 / 01.04.2026