Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Klinton saylansa AQShdan qanday yordam olishi mumkin
Ukraina, demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton AQSh prezidentligiga saylangudek bo‘lsa, ushbu mamlakatdan jangovar qurol-aslahalar yordamini olishga umid qilishi mumkin, deb hisoblamoqda Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zoryan Shkiryak.
Shkiryakning 112 telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Amerika saylovlari natijasiga "juda ko‘p narsa bog‘liq".
Ukrain mulozimi aynan Klinton xonim prezident bo‘lishiga ishonadi. Uning fikricha, Hillari Rossiyaga nisbatan "jiddiy pozitsiya"ni egallaydi hamda Ukrainaning davlat manfaatlarini himoya qiladi.
Shkiryakning ta'kidlashicha, Klinton allaqachon u prezident bo‘lsa, rasmiy Vashington Kiyevga o‘qotar qurollarni taqdim etishi mumkinligi haqida bayonot bergan.
Mavzuga oid
19:18
Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi
17:35
AQSh Eronga zarba berishda Anthropic neyrotarmog‘idan foydalandi – OAV
17:21
Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eronga zarba berish uchun AQShga o‘z bazalaridan foydalanishiga ruxsat berishi mumkin
00:30