Rio—2016 Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha 65 kg. vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ixtiyor Navro‘zov bronza medal uchun kechgan kurashda mo‘g‘ulistonlik Mandaxnaran Ganzorigga qarshi kurashdi.
U qiyin kechgan bahsda raqibdan 8:7 hisobida ustun keldi.
Shu tariqa, Ixtiyor Navro‘zov O‘zbekiston uchun yana bir bronza medal olib berdi. Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10ta - 2ta oltin, 2ta kumush va 6ta bronza.