Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonda sport kuraşlari böyiça jahon çempionati davom etmoqda. Bugun bahslarni boşlagan erkin kuraşçilar Ixtiyor Navrözov, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov dastlabki raqiblarini mağlub etib, keyingi bosqiçga yöllanma olişdi.

-70 kg vazn toifasida bahslarni boşlagan Rio olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navrözov bahslarni kvalifikatsiya bosqiçidan boşladi. Dastlab hindistonlik Karan Karanni 7:0 hisobida mağlub etgan Ixtiyor çorak final yöllanmasi uçun bahsda bolgariyalik Alipoşşo Umarpaşevni 7:6 hisobida yengdi.

-70 kg:
1/16 final: Ixtiyor Navrözov – Karan Karan (Hindiston) 7:0
1/8 final: Ixtiyor Navrözov – Ali Umarpaşayev (Bolgariya) 7:6

¼ final: Ixtiyor Navrözov – David Bayev (Rossiya)

-74 kg vazn toifasida musobaqada qatnaşayotgan ikki karra Osiyo öyinlari ğolibi Bekzod Abdurahmonov kvalifikatsiya bosqiçida dastlab puerto-rikalik Franklin Gomesni 4:0 hisobida yengdi. 1/8 finalda esa u kubalik Jyeandre Garzonni 10:6 hisobida mağlub etdi va çorak finalga yöl oldi.

-74 kg:
Saralaş: Bekzod Abdurahmonov – Franklin Gomes (Puerto-Riko) 4:0
1/16 final: Bekzod Abdurahmonov – Yeandri Kabalero (Kuba) 10:6

1/8 final: Bekzod Abdurahmonov – Hojimurod Gadjiyev (Ozarboyjon)

-125 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Hasanboy Rahimov saralaşda venesuelalik Luis Felipe Urbanexani (10:0), 1/8 finalda vengriyalik Daniyel Ligeti (5:0) hisobida yengdi.

-125 kg:
1/16 final: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela) 10:0
1/8 final: Hasanboy Rahimov – Daniyel Ligeti (Vengriya) sof ğalaba

¼ final: Hasanboy Rahimov – Taxa Akgul (Turkiya) / Aleksandr Romanov (Moldova)