Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016. Bugun XXXI yozgi olimpiadaning yopilish marosimi o‘tkaziladi
Bugun Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida yozgi olimpiada o‘yinlari nihoyasiga yetadi. Toshkent vaqti bilan 22 avgust kuni tongida, soat 4-00da Marakana stadionida XXXI yozgi Olimpiadaning yopilish marosimi o‘tkaziladi.
Yopilish marosimi braziliyalik musiqachilar ishtirokida kechib, olimpiada ishtirokchilarining paradi o‘tkaziladi va olimpiada bayrog‘i Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasiga topshiriladi.
Marosim ssenariysi Rio karnavalining mashhur mutaxassisi Roza Magalayes tomonidan tayyorlangan. Norvegiyalik taniqli didjyey Kigo ham marosimda chiqish qilishi haqida aytgan.
Olimpiada 5 avgust kuni start olgandi, asosiy musobaqalar Rio-de-Janeyro shahrida kechdi, faqat futbol bo‘yicha o‘yinlar turli shaharlarda o‘tkazildi.
Bu ilk marta Janubiy Amerika qit'asining Olimpiadaga mezbonlik qilishi bo‘ldi. Bu shuningdek 1968 yildagi Mexiko Olimpiadasidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatida ilk marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi bo‘ldi.
Olimpiadada 306ta medallar shodasi o‘ynaldi, ishtirokchi delegatsiyalar soni bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 206. Kosovo va Janubiy Sudan terma jamoalari ilk marta Olimpiada ishtirokchisi bo‘lishdi.
Mavzuga oid
19:54 / 26.03.2020
Afsonaviy Marakana stadioni dala gospitaliga aylantirilmoqda
10:09 / 06.06.2018
Mundial tarixidan: Qabristonga aylangan «Marakana»
10:30 / 14.02.2017
Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya inshootlarining hozirgi xarob ahvoli (foto, video)
09:21 / 17.01.2017