Chiqindilar, loy va butunlay xarobazor. Olimpiya o‘yinlaridan olti oy o‘tib, Rio-de-Janeyrodagi yirik sport inshootlari juda ayanchli ahvolda: mashhur “Marakana” stadioni xarob holatda, suzish basseynlari qurib qolgan, golf maydoni esa loyga to‘la.

Quyida Riodagi mashhur sport obektlarining hozirgi ahvoli tasvirlangan suratlarni taqdim etamiz.

1 million dollarlik qarzi tufayli xarobazorga aylangan mashhur “Marakana” stadioni.
Foto: AFP
Olimpiadadan so‘ng tashlandiq joyga aylangan golf maydoni.
Foto: Reuters

Hammasidan ham “Marakana” stadionining ahvoli ayanchli. Qurtlar maysalarni yeb tugatgan, oynalar sindirib tashlangan, tomoshabinlar o‘rindiqlari esa yulib olingan va sindirib tashlangan. Yanvar oyi oxirida mahalliy elektr energiya kompaniyasi stadionni juda ham katta miqdordagi qarzlari tufayli chiroqlarsiz qoldirdi.

Bundan tashqari, stadion bir necha bora jinoyatchilar tomonidan hujumga uchradi. O‘g‘rilar bu yerdan o‘t o‘chirish qurilmalari, ichaklar, televizorlar va sharafiga arena nomlangan jurnalist hamda yozuvchi – Mario Filyaning bronza haykalini o‘marib ketishdi.

“Marakana” stadioni.
Foto: Associated Press
Stadionning bu ahvolga tushishida o‘g‘rilarning “xizmati” katta bo‘ldi.
Foto: Associated Press
Foto: Associated Press
Stadiondagi yulib olingan o‘rindiqlar.
Foto: Associated Press