Sport | 11:50 / 22.08.2016
19777
2 daqiqa o‘qiladi

Bokschi Aloyan: "Raqibimni oltin bilan qutlayman, u oxirigacha kurashdi"

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya sharafini himoya qilgan bokschi Mixail Aloyan o‘zining Rio-de-Janeyrodagi final jangiga izoh berdi. Bu haqida "R-Sport" ma'lum qildi. 

"Birinchidan, raqibimni oltin medal bilan qutlayman, u oxirigacha kurashdi. Ikkinchi raundda u g‘olib bo‘ldi, uchinchi raundda esa, nazarimda murabbiy tomonidan berilgan maslahatni to‘liq bajardim. Hakamlar so‘nggi raundni mening foydamga hal qilishlari kerakdek tuyuldi". 

Rossiyalik sportchi o‘zining mag‘lubiyatida hech kimni ayblamoqchi emasligini ta'kidladi. 

"Bu vaziyatda o‘zimni ayblash osonroq, - dedi  Aloyan. - Bundan-da yaxshi kurashsam bo‘lar edi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi". 

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik bokschi Mixail Aloyan 52 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Braziliyadagi yozgi O‘yinlarda hamyurtimiz Shahobiddin Zoirovga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi

Mavzuga oid